AsosiyJamiyat

Farg`ona hokimi Xayrullo Bozorov operasiya qilindi

'Farg`ona hokimi Xayrullo Bozorov operasiya qilindi'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 27 iyundan boshlab Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy davolanishda bo`lib turibdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi. 

Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko`ra, Bozorov sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida kichik jarrohlik amaliyotini o`tkazgan. U hozirda stasionar sharoitda reabilitasiya jarayonini o`tkazmoqda, ishlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlashtirib bormoqda.

“Yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy ish faoliyatiga qaytishini ma`lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi bilan bog`liq tarqalayotgan mish-mishlarga ishonmasligingizni so`raymiz. Yolg`on axborot tarqatganlik uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanini eslatib o`tamiz”, – deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar