Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda birga bir gaplashadigan GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan izoh berildi.
Ma`lum bo`lishicha, 22 iyul kuni soat 23:00 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va T.Shevchenko ko`chalari kesishgan chorrahada YPX xodimlari O.Nazirov va F.Ataevlar tomonidan "Lasetti" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan.
Tekshiruv davomida fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisining amal qilish muddati o`tganligi va o`z muddatida to`lanmagan jarimalari mavjudligi aniqlangan. YPX xodimi tomonidan qoidabuzarlik bo`yicha bayonnoma tuzilgan.
Haydovchi o`z muddatida to`lanmagan jarimalarni shu joyning o`zida onlayn tarzda bartaraf qilgan. Shundan so`ng, haydovchi transport vositasi texnik ko`rikdan o`tganligi to`g`risidagi talon yo`qolib qolganligini aytib YPX xodimiga e`tirozlar bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.",deyiladi xabarda.