Ijtimoiy tarmoqda "Qashqadaryolik aka chidab turolmadi" sarlavhasi ostidagi xabarlar keng tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan YHXBB izoh berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Chiroqchi tumani hududida, tuman IIB YHXB YPX xodimi X.Nuraliev tomonidan "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi J.M.ga nisbatan svetoforning harakatni taqiqlovchi chirog`ida harakatlanganligi uchun bayonnoma tuzilgan.
Videoda haydovchi mazkur bayonnomaga nisbatan e`tirozlari mavjudligini ma`lum qilgan.
Holat yuzasidan hozirda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.