AsosiyJamiyat

IIB xodimi harakatlarida hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi — IIV Matbuot kotibi Qoraqalpog`istondagi fuqaroning o`limi bo`yicha

'IIB xodimi harakatlarida hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi — IIV Matbuot kotibi Qoraqalpog`istondagi fuqaroning o`limi bo`yicha'ning rasmi

Kuni kecha, Qoraqalpog`istonda ichki ishlar bo`limida kaltaklangan fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Holat yuzasidan IIV Matbuot kotibi munosabat bildirdi. 

 "Joriy  yilning  23 may kuni soat 11:00lar chamasida Taxiatosh tumani IIB navbatchilik qismining «102» telefon raqamiga o`zini «Ramazan» ko`chasida yashovchi «Gulaym» deb  tanishtirgan fuqaro qo`ng`iroq qilib, «Ramazan» ko`chasi  7-uyning oldida bir mast fuqaro yotganligini aytib xabar bergan, mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori kapitan S.Baymuratov borgan. Kapitan S.Baymuratov «Ramazan»  ko`chasiga borganida, o`zini B.Tajimuratov deb tanishtirgan  mast fuqaroni tibbiyot birlashmasiga olib borib shifokor ko`rigidan o`tkazib, B.Tajimuratovning mastligi va jarohati haqida «alkogolnoe opyanenie, ushib legkix, rana levoy brovnoy oblasti» deb ma`lumotnoma olingan.

Kapitan S.Baymuratov fuqaro B.Tajimuratovni bo`limning navbatchilik bo`limiga olib kelib topshirib, bu voqea yuzasidan bo`lim boshlig`i nomiga bildirgi bilan axborot bergan.

Fuqaro B.Tajimuratov bo`limning hushyorlik xonasida sog`ligi yomonlashganligi sababli, shu kungi navbatchilik qismi navbatchisi tomonidan tez yordam chaqirilib, B.Tajimuratov kasalxonaga yuborilgan.

Keyinchalik fuqaroning shaxsi surishtirilganda, Taxiatosh tumanida yashovchi B.Dauletmuratov ekanligi aniqlangan.

2021 yilning 28 may kuni fuqaro B.Dauletmuratovning opasi  Taxiatosh tumani, Tantashov ko`chasida yashovchi fuqaro S.Dauletmuratova Taxiatosh tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, ukasini profilaktika inspektori kapitan S.Baymuratov urib tan jarohat etkazganligi ko`rsatgan.

Mazkur murojaat bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilib, 28 iyun kuni kapitan S.Baymuratovning xatti-harakatlarida hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmaganligi to`g`risida xulosa qabul qilingan", - deyiladi IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G`iyosov taqdim etgan ma`lumotda.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Surxondaryo viloyatida ham fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib o`ldirilgani haqida xabar qilingan edi va mazkur holat Senat nazoratiga olingan.

Shuningdek, Qibrayda 24 yoshli  yigit bir xonadonda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirgani bo`yicha jinoyat ishi ochildi. 

    Boshqa yangiliklar