Avval xabar berilganidek, ayni daqiqalarda Senatning o`n ettinchi yalpi majlisi o`tkazilmoqda.
Yalpi majlisni olib borayotgan parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbaeva o`z nutqida bir qator dolzarb masalalar, xususan, aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida urg`u berdi.
Yalpi majlisda Senat Raisi Ichki Ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risidagi axborotiga o`z munosabatini bildirdi.
– Huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish borasida ishlar “mahallabay” va namunaviy tajribalar asosida olib borilayotgani o`zining ijobiy natijalarini bermoqda, – dedi Senat Raisi T.Narbaeva. – Buni mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani misolida ham ko`rish mumkin. Bu hali mamlakatimiz tarixida ham bo`lmagan edi. Hozir aholining huquqiy madaniyati va daromadi oshib borayotgani, tizim tashkilotlarining sa`y-harakatlari tufayli ijobiy natijalarga erishilmoqda. Lekin talabimiz hamma mahallalarda ham jinoyat bo`lmasin.
Avvallari jinoyat ko`p bo`lsa, tizim tashkilotlari yaxshi ishlamayotgani tanqid qilinardi. Hozir esa jinoyatlar to`liq fosh qilinib, aybdorlar qonun oldida javob berishi ta`minlanyapti.
Shu sababli berilgan axborotda alohida e`tibor qaratish lozim bo`lgan jihatlar ham bor. Xususan, qariyb 3 mingta mahallada kriminogen vaziyat og`ir, ya`ni “qizil” toifada ekani hammamizni o`ylantirishi kerak. Yoki odam savdosi bilan bog`liq aniqlangan jinoyatlar oldingi yilga nisbatan ikki barobardan ziyodga oshgan. Xususan, 34 ta holatda chaqaloqlar savdosi jinoyati aniqlangani o`ta tashvishlidir. Bu muammolarga faqat Ichki ishlar emas, balki Sog`likni saqlash, Mahalla vazirligi, ko`plab mas`ul tashkilotlar jonbozlik ko`rsatsin.
05.08.2022, 12:03
Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...04.08.2022, 12:04
Senatning yigirma to`qqizinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.Muhokamalar davomida senatorlar Kodeksda ayrim normalarni qo`llash mexanizmlari etarlicha...10.01.2022, 21:58
Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...20.12.2021, 07:59
Oliy Majlis Senati matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, xodimlar ikki kun davomida yangi binoga to`liq ko`chib o`tishdi. O`zlariga kerak bo`ladigan barcha anjomlarni keltirib,...