Qibray tumanida qalbaki kadastr hujjatlarni tayyorlash bilan bog`liq firibgarlik harakatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Holat tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududida joylashgan fuqaro N.E.ga tegishli uy ancha vaqt davomida qarovsiz qolganligidan va hech kim yashamayotganligidan foydalanib, F.U.ni otasining nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashib, 180 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






