AsosiyJinoyat

Farg`onada shaxsga oid ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

'Farg`onada shaxsga oid ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi'ning rasmi

Marg`ilon shahrida fuqarolarning shaxsiga oid ma`lumotlardan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi hamda DXXning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan  tezkor tadbirda, fuqaro A.T., “Z” MChJ rahbari Z.A. hamda boshqalar oldindan til biriktirib, chet davlatlardan O`zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan 3 nafar fuqaro va boshqalarning shaxsiga doir ma`lumotlarni qonunga xilof ravishda qo`lga kiritib, ushbu ma`lumotlardan foydalangan holda uyali aloqa vositalarining IMEI-kodlarini ro`yxatdan o`tkazishganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar