AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda adirlikdan erkak jasadi topildi. Qotil ayol kishi bo`lishi mumkin

'Qashqadaryoda adirlikdan erkak jasadi topildi. Qotil ayol kishi bo`lishi mumkin'ning rasmi

“Youtube” ijtimoiy tarmog`ida “O`g`limning qotili ozodlikda yuribdi” nomli videolavhali xabar tarqalgan. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi holatga aniqlik kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 26 iyun kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “To`laqul” qishlog`ida yashagan J.Abdurasulovning jasadi yashash uyidan chamasi 200 metr uzoqlikdagi adirlikdan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyi prokuratura va IIB xodimlari ishtirokida ko`zdan kechirilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.  

Holat yuzasidan zudlik bilan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari tashkillashtirilgan.

Tergov jarayonida ushbu jinoyatni N.J. (ayol kishi) sodir etganligi aniqlanib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan holda, sud ajrimi bilan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

"Tergov jarayonida barcha holatlar to`liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar