AsosiyJinoyat

Farg`onada yashash xonadonini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada yashash xonadonini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

28 iyul kuni Dang`ara tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tumor MFY hududida yashovchi A.F yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 4 dona oshiq toshlari, 1 dona plastmassadan yasalgan stakanlar, 2.776.000 so`m pullar daliliy ashyo tariqasida ashyoviy dalil tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish)da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar