2021 yil 28 iyul` kuni soat 16:00 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.R Andijon tumani, Xo`ja MFY hududida joylashgan «Arzoni bizda» nomli oziq ovqat do`koni oldidagi avtoturargohdan o`z ish joyidagi rahbari P.M.ning boshqaruvidagi «Kobal`t» rusumli avtomashinasini uning xabardorligisiz yashirin ravishda olib qochgan.
Ko`rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro A.R «Kobal`t» avtomobilini Namangan shahar IIO FMB joylashgan hudud yaqinida boshqarib yurgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.R.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan shu yilning 29 iyul` kuni Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






