AsosiyJinoyat

Oltinko`lda 1 500 dollar evaziga talabaning o`qishini ko`chirtirib berishni va`da qilgan firibgar "talaba" ushlandi

'Oltinko`lda 1 500 dollar evaziga talabaning o`qishini ko`chirtirib berishni va`da qilgan firibgar "talaba" ushlandi'ning rasmi

Oltinko`l tumanida talabaning o`qishini ko`chirtirib berishni va`da qilgan firibgar talaba ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Oltinko`l tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat universiteti talabasi S.E. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Qirg`iziston Respublikasi O`sh texnologiyalar universitetidagi o`qishini Namangan davlat universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ko`chirtirib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.", deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar