Kuni kecha Marg`ilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga engil shikast etkazish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan T.Z.ni qo`lga olishdi.
Farg`ona viloyati IIBning xabariga ko`ra , xodimlar tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan O.T.ni ham qo`lga olingan.
Shu o`rinda viloyat IIB: "Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi.", deya fuqarolarga murojaat etmoqda.






