AsosiyJamiyat

"Toshkentda GAI haydovchiga tashlandi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi

'"Toshkentda GAI haydovchiga tashlandi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda GAI haydovchiga tashlandi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

YHXBBning ma`lum qilishcha, joriy yilning 31 iyul kuni Toshkent shahar YPX xodimi B.Mirzarahimov Shayxontohur tumani hududida joylashgan "Chorsu" jarima maydonchasi ro`parasida "Kobalt" rusumli avtomobilni to`xtatgan.

 Tekshiruv davomida YPX xodimi haydovchiga qarzdorlik sabab avtomobilni jarima maydoniga joylashini aytgan. 

Bir muddat vaqt o`tib jarima to`lash muddatida yanglishganligini aytib haydovchiga ketishi mumkinligi ma`lum qilgan. 

Haydovchi YPX xodimiga e`tiroz bildirgan va ushbu vaqtda o`zaro tortishuv yuzaga kelgan.

"Xozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda."-deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar