15 iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 iyul kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan muhandislik qurilish institutining “Kimyoviy texnologiya” yo`nalishining magistratura bo`limiga o`qishga kiritib qo`yishni aytgan. Undan 2.000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olib, aldab kelayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni O`z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






