AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqaroning Qirg`izistondagi o`qishini ko`chirtirib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Samarqandda fuqaroning Qirg`izistondagi o`qishini ko`chirtirib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro R.Y. boshqa bir fuqaro M.ga o`zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, uning Qirg`iziston Respublikasi, Jalolobod shahrida joylashgan “Zamanbap El Aralik” universitetidagi o`qishini Samarqand davlat universitetiga ko`chirib berish evaziga 3 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar