Yangi tartib bilan "Tonirovka" qilish uchun ruxsatnomalarni berish engillashadimi? Uning tartibi qanday bo`ladi?
AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva aholidan kelgan shu kabi savollarga javob berdi:
Hukumat qaroriga ko`ra 2021 yil 1 oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko`rsatiladi.
Shuningdek, avtotransportlar oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Avtotransport orqa oynasining tusini yorug`lik o`tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o`zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko`p bo`lmagan tasmasimon shaklida yorug`lik o`tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o`zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to`lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Eng muhimi fuqarolar YaIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatilgani uchun to`lov undirilmaydi.