Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Navoiy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvdan ma`lum bo`lishicha, “E” xususiy korxonasiga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida gazdan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa qo`yilgan tamg`ani buzib tabiiy gazdan foydalanilganligi natijasida, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga 176,1 mln so`m zarar etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.