AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Isuzu"ga urilgan "Lacetti" yonib ketdi. 4 kishi halok bo`ldi

'Qashqadaryoda "Isuzu"ga urilgan "Lacetti" yonib ketdi. 4 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Dehqonobod tumanida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lasetti Xorazm viloyatida yashovchi haydovchi boshqarib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Kelib chiqqan yong`in natijasida Lasetti avtomobilidagi to`rt nafar fuqaro kuyib vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, M39 xalqaro avtomobil yo`lining Dehqonobod tumanidan o`tgan qismida Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaro Sh.K. boshqaruvidagi Lasetti Termizdan Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanib borayotgan 23 yoshli haydovchi boshqarib kelayotgan Isuzu yuk avtomobiliga urilgan.

 Oqibatda yong`in kelib chiqib, Lasettidagi to`rt nafar fuqaro tanib bo`lmas darajada kuyib vafot etgan.  

“Tuman Favqulotda vaziyatlar bo`limiga yong`in haqida 14:25 da xabar kelib tushdi. O`t o`chiruvchilar voqea voqea joyiga 14:27 da etib borib, yong`in 14:29 da qurshab olindi va 14:45 da o`chirildi”, — deydi tuman Favqulotda vaziyatlar bo`limi mas`uli O`tkirbek Yo`ldoshev.  

Tuman IIB xodimlari bilan suhbatlashgan Isuzu haydovchisining ma`ulmot berishicha, Lasetti boshqaruvidagi haydovchi katta ehtimol bilan uxlab qolgan va yuk mashinasi yo`liga chiqib ketib, mashina bilan to`qnashgan.

Hozirda voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Boshqa yangiliklar