AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi yong`inda 12 nafar bola reanimasiyaga tushgani aytilgan xabarga izoh berildi

'Toshkent viloyatidagi yong`inda 12 nafar bola reanimasiyaga tushgani aytilgan xabarga izoh berildi'ning rasmi

Avvalroq, Angrendagi ko`p qavatli uyning 6-qavatidagi xonadon yonib ketgani haqida xabar bergandik. Angren tumani hokimligining Matbuot xizmati holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqning "Oltin voha"  sahifasida joriy yilning 5 avgust kuni 5/1"a" dahasi 12-uyda sodir etilgan yong`in natijasida bir necha  bolalar reanimasiyaga tushganligi to`g`risidagi  ma`lumotlar asossiz.

 Angren shahar Tez tibbiy yordam  xizmatining bergan ma`lumotlariga ko`ra,  yong`in natijasida jami 12 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko`rsatilgan.  Ular orasida hech kim sog`lig`i jihatidan jiddiy talofat ko`rmagan.  

O`n nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo`lganligi sababli shifoxonaga  borishga rozi bo`lmagan. Ular orasida 2012 yilda tug`ilgan  bir nafar yosh bola va bir  nafar katta yoshdagi fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.  Ularning  salomatliklari tibbiyot  xodimlarining nazorati  ostida.  Ahvollari yaxshi.

    Boshqa yangiliklar