AsosiyJinoyat

Andijonda 15 000 AQSh dollar evaziga bino olib berishni va`da qilgan davlat korxonasining sobiq mutaxassisi qo`lga olindi

'Andijonda 15 000 AQSh dollar evaziga bino olib berishni va`da qilgan davlat korxonasining sobiq mutaxassisi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi  Xo`jaobod tumani filiali sobiq mutaxassisi Z.A. tadbirkor A.ga tanishlari orqali tumandagi oldingi tez tibbiy yordam bo`limi binosini auksion savdolarisiz egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olib berish evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

👉 t.me/Department_uz

    Boshqa yangiliklar