AsosiyJinoyat

Toshkentda fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishini va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Toshkentda fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishini va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazildi. 

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Q.Ya. fuqaro B.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborish va viza olib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini olib o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi, xuddi shunday fuqaro A.K ham 4 nafar fuqaroni aldab, ularni tanishlari orqali Koreya davlatiga ishlash uchun jo`natish evaziga 5 800 AQSh dollari va 163 mln so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar