27 iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, tolmozor MFY hududida yashovchi E.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, tomorqasida 11 tup “kannabis” giyohvandlik o`simliklarini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






