AsosiyJinoyat

Namanganda ikki "Jiguli" to`qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi

'Namanganda ikki "Jiguli" to`qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi'ning rasmi

5 avgust kuni soat 16:30 larda, Kelajak tongi MFY Xasanobod ko`chasida, Yangiqo`rg`on tumanida yashagan, 1963 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmagan. U qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-21011 rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 avgust kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar