AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan "uysiz ayol" yolg`onchi bo`lib chiqdi

'Ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan "uysiz ayol" yolg`onchi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda uysiz ayol 7 yoshli qizchasi bilan poytaxt ko`chalarida yashab yurgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Avvalroq Oliy Majlisi Senati uni nazoratga olganini ham ma`lum qilgan edik.

Toshkent shahar IIB хodimlari ham mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Yunusobod tumaniga borishadi va ayolni izlab topadilar.

Shahzoda Ibrohimova,
Yunusuobod tumani  Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i:
Biz ko`rganimizda uning ahvolini qoniqarli deb bo`lmasdi. Hamma narsani aravasiga ortib olgan. Judayam tushkun kayfiyatdа edi. Qaysidir ma`noda hyotga shu yo`l bilan belgilab olishni ma`qul topgan. Men uni ko`rganimda odamlarni rahmini keltirish nuqtai nazaridan qabul qildim. Ayolda turmush o`rtog`im vafot etgan,  uyim  yo`q degan iddaolar bilan insonlarni rahmini keltirish fikri uyg`ongan.

Shu kunning o`zida ayol va uning qizi yotoqxonaga joylashtiriladi. Ma`lum bo`lishicha , ayol Namangandan Toshkentga kelin bo`lib tushgan. Parkent tumanida turmush o`rtog`i olib bergan uy bo`lib, unda o`zi va qiizi yashab kelgan. Ammo haqiqat boshqacha bo`lib chiqadi. Ayol turmush o`rtog`i bilan ajrashgan va undan aliment olib keladi. Qizcha onasining qistovi bilan ko`chada yashab kelgan.

Yunusobod tumani Vasiylik va hokimlik organi mutaxassisi Muhlisa Qosimova ham bu bo`yicha izoh berdi:

Oila kodeksining 71 moddasiga asosan, ota-ona bolaning sog`ligi va ta`lim-tarbiyasiga e`tibor berishi kerak. Bu ayolning qizchasi 7 yoshda. U maktabga jalb etilishi kerak. Qizchaning hujjatlari hech bir maktabga topshirilmagan. Ayol yana shunday yurishda davom etib, odamlarni rahmini keltirib, farzandidan foydalansa, bolani onadan olib qo`yib, vaqtincha bolalarni ijtimoiy himoya qilish va ko`maklashish markaziga joylashtiramiz. Bolani olib qo`yish huquqiga egamiz.

Shu kunning o`zida ayolning singlisi va ukasi uni Namanganga olib ketish uchun etib kelishadi. Ularning aytishicha, Namanganda, o`z ota uylarida yashashlari uchun barcha sharoit etarli. Shu kunning o`zida ayol singlisi va ukasi tomonidan Namanganga olib ketilgan. Ammo oradan ikki kun o`tib, u qizchasini ota-onasiga qoldirib, yana negadir Toshkentga qaytib keladi.

Ayol poytaxtga pul topish hamda bu orqali yaqinlariga yordam berish maqsadida qaytib kelgani aytgan.

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalari bo`yicha bo`lim boshlig`i Maqsuda Xujanazarova  ham vaziyatga oydinlik kiritdi:

Ayol bilan suhbat o`tkazildi. Unga jamoat joylarida tilanchilik bilan shug`ullanish uchun jinoiy javobgarlik borligi tushuntirildi va ogohlantirildi. Shunday holatlar ham bo`ldiki, bu bilan  bog`liq video tarqlib ketgandan so`ng, odamlar yolg`on ma`lumotlarga ishonib, fuqaroga moddiy mablag`lar, telefon, hattoki 1 xonali uy olib berish taklifini ham bildirgan. Hurmatli fuqarolar! Har bir videolavhani olishdan aval mtasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boring. Yolg`on ma`lumotlarni tarqatishdan ogh bo`ling!

Boshqa yangiliklar