1

IIV, Senat, AOKA... Jurnalistni obro`sizlantirishga qaratilgan harakatlar vakolatli idoralar tomonidan nazoratga olindi

Jamiyat 07.08.2021, 23:32
Teglar: jurnalist
IIV, Senat, AOKA... Jurnalistni obro`sizlantirishga qaratilgan harakatlar vakolatli idoralar tomonidan nazoratga olindi

Avval xabar qilganimizdek, "qalampir.uz" jurnalisti Feruza Najmiddinovaning kuni kecha “Tashkent City” hududidagi restoranlar Respublika maxsus komissiyasi qarorini pisand qilmay, soat 20:00 dan keyin ham faoliyat yuritayotgani haqidagi tanqidiy materiali ortidan uni obro`sizlantirishga qaratilgan videomontaj tayyorlangan.  

Ayni paytda ushbu holat keng jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilinmoqda. Shuningdek, vakolatli idora va tashkilotlar holatni o`z nazoratiga oldi.

Xususan, Ichki  ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tezkor xizmatlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini, vaziyat  nazoratga olinganini bayon qildi. Shu o`rinda, jurnalistlarning xolislik, ochiqlik, shaffoflik doirasidagi faoliyatini qadrlashlari va ularning himoyasiga doimo tayyor ekanliklari ta`kidlandi.

Shuningdek, AOKA ham mazkur masalaga munosabat bildirdi:

Agentlik ushbu jurnalistning odob-axloqi, ta`lim-tarbiyasidan yaqindan xabari bor tashkilot sifatida berilgan bayonotni to`liq qo`llab-quvvatlaydi. Agentlik OAV vakillari shaxsini obro`sizlantirish, jurnalistlar faoliyatiga qing`ir va noqonuniy yo`llar bilan daxl qilishga bo`lgan urinishlarni keskin qoralaydi.Eslatib o`tish joiz, yolg`on (feyk) va noxolis axborotlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda qat`iy jazolar belgilangan.  AOKA qalampir.uz internet-nashri jurnalistining yuksak fuqarolik burchi va aholi orasidagi dolzarb muammolarni yoritishdagi faolligini qo`llab-quvvatlaydi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur voqelikka tegishli huquqiy baho berilishiga, aybdorlarga qonuniy chora ko`rilishiga ishonadi.

 

Ushbu masala Oliy Majlis Senatini ham befarq qoldirmadi. U vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

O`z navbatida, ushbu holat ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyatiga, shu bilan birga jamiyatda faol, axborot makonida o`z o`rniga ega jurnalist bo`lgan xotin-qizlarimizning sha`ni, qadr-qimmatiga salbiy ta`sir etuvchi harakat va ular faoliyatiga tahdid sifatida baholanib, holat adolatli o`rganilishi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitalari tomonidan nazoratga olindi. O`rganish natijalari yuzasidan batafsil axborot beriladi.

 

Jumladan, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi ham o`z sahifasida ushbu holat yuzasidan munosabatini bildirdi.

Birinchidan, tarqatilgan bo`htonomuz videolavha Internet tarmog`i orqali millionlab insonlarga etib bordi. Ikkinchidan, gap ayol, suyukli rafiqa, ona haqida  boryapti. Nazarimizda, videolavhani tarqatganlar masalaning ana shu jihatini unutgan ko`rinishadi. Shu bois bu xatti-harakatni barcha jurnalist kasbini egallagan ayollarga ham tahdid deb bilamiz. Bu qilmish, albatta,  huquqni himoya  qiluvchi idoralar tomonidan  tekshiriladi. Bunday vaziyatda biz qalam ahli - jurnalistlar, blogerlar adolat tantanasi yo`lida birlashmog`imiz lozim. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jamiyat manfaatlari yo`lida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarga, birinchi navbatda, uyushma a`zolariga nisbatan har qanday tazyiq, tahdid va bu kabi tubanliklarni keskin qoralaydi.
 

“Yuksalish” umummilliy harakati esa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bo`xtonlarga qarata shunday javob berdi:

So`nggi yillarda mamlakatimizda OAV sohasida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. Jurnalistlar va blogerlar har tomonlama qo`llab-quvvatlanishi haqida bir necha bor yuqori minbardan ta`kidlandi. So`z erkinligi va ochiqlik islohotlar kun tartibining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida e`lon qilingan O`zbekistonda, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashish, jurnalist, shaxsning sha`ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish mumkin emas! “Yuksalish" umummilliy harakati jamoasi jurnalistning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitib, uning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilmoqchi bo`lgan shaxslarning harakatlarini qoralaydi va huquqni muhofaza qilish organlarini huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rishga chaqiradi.

 

Sharhlar

"Maqtayman 200 ming so`m berasiz, bo`lmasa tanqid qilaman..." Surxondaryoda "jurnalist" qo`lga olindi

05.07.2022, 13:56

Surxondaryoda “Soxta jurnalist” aniqlandi. Bu haqda "Yangi davr" dasturida xabar berildi. Ma`lum qilinishicha, "jurnalist" o`zini Respublikadagi etakchi telekanallar muxbiri sifatida tanishtirib shantaj yo`li bilan pul olib...
Ichki ishlar organlari jurnalist va blogerlarni kiberhujumlardan himoya qila oladimi? Mutassaddilar javob berdi

10.08.2021, 17:38

Avval ma`lum qilganimizdek, AOKAda IIV faoliyati ochiqligi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli mazmundagi xabarlar yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Maxsus muxbirimizning xabar berishicha,  anjuman davomida "Ichki...
Jurnalist uni obro`sizlantiruvchi video tayyorlaganlarni jazolanishini so`rab Toshkent shahar IIBBga arz qildi

07.08.2021, 22:16

Internet tarmog`ida "Qalampir.uz" jurnalisti Feruza N.ni obro`sizlantiruvchi video tarqaldi.  Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Feruza N. unga tuhmat qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab Toshkent...
Jurnalist Tohirjon Hamroqulov 70 yoshida olamdan o`tdi

15.07.2021, 12:03

 O`zbek jurnalistikasi og`ir judolikka uchradi. Iste`dodli ijodkor, betakror suratkash, salohiyatli tashkilotchi va tashabbuskor inson, mehribon ustoz Tohirjon Hamroqulov 70 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda  Farg`ona...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1