2021 yil 6 avgust kuni soat 17:30 larda, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro Norin tumani hududida joylashgan milliy taomlar oshxonasida mast holda tanishi, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro bilan o`zaro janjallashib qoladi. Uni yuz sohasiga qo`li bilan urganida, uchqo`rg`onlik 34 yoshli fuqaro boshi bilan erga yiqilgan. Natijada, u shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqaro bosh miya og`ir yopiq shikasti, bosh miyaga keng ko`lamda qon quyilishi, yuqori nafas yo`llariga qusuq modda berkilishi, alkagol mastlik holati asorati, o`tkir yurak qon tomir va nafas etishmovchiligi, o`pka va miya shishi natijasida vafot etganligi ko`rsatilgan.
Ushbu holat bo`yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O`z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.





