AsosiyJinoyat

Shofirkon va Denov tumanlarida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

'Shofirkon va Denov tumanlarida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo`limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`teazildi.

Unda, fuqaro N.X. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirishni ko`zlab, Buxoro shahar hokimligi zaxirasida bo`lgan 16 sotix er maydonini fuqaro X.ga 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullarni ukasi S. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.P. boshqa bir fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga “Xazarbog`” SIU hududidan bog`dorchilik yo`nalishida ajratilgan 3 gektar er maydoni ajratilishi to`g`risidagi tuman hokimi qarori prokuratura tomonidan protest kiritilib bekor qilinganligini, lekin tanishlari orqali ushbu er maydonini o`zining foydasiga saqlab qolib keyinchalik 20 000 AQSh dollariga sotishini aytib, oldindan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar