Avval xabar qilganimizdek, ayni damda, Tokioda bo`lib o`tgan Olimpiya o`yinlarida qatnashgan O`zbekiston delegasiyasi Tokio shahridan Toshkentga etib keldi.
Bayramona kutib olish tadbirida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Turizm va sport vazirligi, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi, Ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sport federasiyalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, marosimda sovrindor sportchilar ota-onalari, Yulduz Usmonova, Yodgor Sa`diev, Ozodbek Nazarbekov singari san`atkorlarning chiqishi ham bo`lib o`tmoqda.
Endilikda Olimpiyachilarimiz “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko`chalari va A.Temur xiyoboni bo`ylab ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi.
Shundan so`ng, ularga O`zbekiston Respublikasi Prezidentning sog`alarini topshirish marosimi bo`lib o`tadi.
Ma`lumot o`rnida: O`zbekiston chempionlariga:
🥇Oltin medal uchun $200 ming + Tahoe;
🥉Bronza medal uchun $50 ming + Trailblazer avtomobil mukofoti beriladi.






