AsosiyJinoyat

Pastdarg`omda 1 gektar erni 200 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Pastdarg`omda 1 gektar erni 200 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda, Pastdarg`om tumani hududida 1 gektar er maydonini mahalliy fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo`lga olindi.

Ma`lum qilinishicha, xususiy tadbirkor 1988-y.t. “R.Sh.”, qarindoshi 1954-y.t. “G`.N.” bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, tumanning “Do`stlik” massividagi “Kimyogarlar” mahallasi hududidan engil konstruksiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar er maydonini fuqaro “A.Sh.”ga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari berishini talab qilishgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida, “R.Sh.” va “G`.N.”lar mazkur fuqarodan kelishilgan mablag`ning 190 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar