2021 yil 7 avgust kuni Zarbdor tumanida fuqaro T.A ukasi Yu.T bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik iste`mol qilib, aka-uka o`rtasida kelib chiqqan o`zaro janjal natijasida Yu.T akasi T.Ani oshxona pichog`i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati etkazadi. Natijada akasi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma`lum qildi.
Shuningdek, 2021 yil 8 avgust kuni Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N qayniukasi A.S bilan kelib chiqqan o`zaro janjal natijasida qayniukasi kelinoyisi A.Nni oshxona pichog`i bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati etkazganligi oqibatida vafot etgan.
Ushbu har ikki holatlar yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






