Toshkentda "Covid-19" ga qarshi vaksinani noqonuniy muomalaga chiqarganlar aniqlandi. IIV bu haqda xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 2021 yilning 6 iyul kuni M.M. IIV JQBB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o`z arizasida "Zebo" ismli shaxs internet ijtimoiy tarmog`idagi "Telegram" messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan "Covid-19"ga qarshi vaksinani sotilayotganligi haqida e`lon berganligini hamda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur arizaga asosan, joriy yil 8 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko`chasida joylashgan «Gurman» kafesi ro`parasida tezkor tadbir o`tkazilib, tadbir jarayonida fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona “Covid-19» «Yangi koronavirus recombinant vaksinasi» (ChO hujayrasi) ZF-UZ VAC2001ni har bir dozasini 150.000 so`mdan jami 27.750.000 so`mga sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
O`tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaktsinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo`lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.",deyiladi xabarda.






