AsosiyJinoyat

Farg`onada ijtimoiy tarmoq orqali ayolni aldab pullarini qo`lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada ijtimoiy tarmoq orqali ayolni aldab pullarini qo`lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

T.G. ismli ayol Farg`ona shahar IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning aprel oyi boshlarida, telegram ijtimoiy tarmoqdagi tegishli kanal a`zosi bo`lgan noma`lum shaxs pullarini ko`paytirib berishni aytib, ishonchiga kirib, 600 AQSh dollarini ijtimoiy tarmoq orqali aldab qo`lga kiritganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar