Bugun 12 avgust kuni soat 19:16 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Kimyogarlar ko`chasida joylashgan, propan gaz quyish shaxobchasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Ushbu holat bo`yicha yong`in joyiga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Birinchi yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:18da voqea joyiga etib borib, soat 19:45 da yong`in qurshab olingan va soat 19:53 da yong`in batamom o`chirilgan.
Yong`in kelib chiqish sababi “ZIL-130” rusumli “propan” yoqilg`i tashish avtomobili o`zidagi suyultirilgan gazni to`kish vaqtida chaqnash sodir bo`lgan, natijada yuk avtomobiliga foydalanish uchun o`rnatilgan gaz baloni yorilishi oqibatida, yong`in kelib chiqqan. “ZIL-130” rusumli suyultirilgan yoqilg`i tashish avtomobiliga o`rnatilgan sig`imga zarar etmagan.
Hodisa oqibatida shaxobcha yaqinidan xarakatlanib ketayotgan “Moskvich-412” rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo`lovchisi turli darajada kuyish tan jaroxatini olgan, halok bo`lganlar yo`q.