AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda hovlisida 4 tup giyohvandlik moddasi etishtirgan shaxs qo`lga olindi

'Qashqadaryoda hovlisida 4 tup giyohvandlik moddasi etishtirgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi va Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan 2021 yil 26 iyul` kuni hamkorlikda o`tkzilgan “Qoradori-2021” tadbirida yana bir og`ufurushning kirdikorlari fosh bo`ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, shaharning “Navruz” MFYda yashovchi D.N. hovlisida 4 to`p kannabis giyohvandlik o`simligini parvarishlab kelayotgan bo`lgan. D.N.dan jami 495,0 gramm og`irlikdagi giyohvandlik o`simligi olingan.

Og`ufurushga nisbatan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar