Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tekshiruvda, fuqaro M.Q. 2019 yilning oktyabr oyiga qadar tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazida ishlagan davrida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Germaniya davlatida oliy ma`lumot talab etilmaydigan engil ishga yuborish evaziga ularning jami 11 450 AQSh dollarini olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






