AsosiyJamiyat

Olimpiadaga borgan har bir sportchiga 5 ming dollardan beriladi

'Olimpiadaga borgan har bir sportchiga 5 ming dollardan beriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev hozir bo`layotgan yig`ilishda O`zbekiston  olimpiya terma jamoasi a`zolarini rag`batlantirish to`g`risida fikr bildirdi.

Unga ko`ra, g`olib va sovrindor sportchilarimizni tayyorlashda chinakam fidoyilik ko`rsatgan To`lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonovlar taqdirlanadigan bo`ldi.  Chempionlarning murabbiylari  – 40 ming AQSh dollari, bronza medal sohiblarining murabbiylari 20 ming AQSh dollari mukofot olishadi.

Shuningdek, Olimpiada ishtirok etgan barcha sportchilarning har biri, garchi sovrindor bo`la olmagan bo`lsa ham, 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.

"Agar Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi ko`p yillik og`ir tayyorgarlik jarayonidan o`tishini ko`z oldimizga keltirsak, ular ham bugun g`oliblar qatorida taqdirlanishga munosib ekaniga amin bo`lamiz. Ular ham keskin bahslarda g`ayrat va shijoat bilan kurash olib borib, katta sinovlarda o`z salohiyatini namoyon etganlari biz uchun muhimdir. Shuning uchun ularni ham g`oliblar qatorida ko`rib, chin dildan olqishlaymiz."Bu gal omadi kelmagan sportchilarimizga qarata, ruhingiz tushmasin, kelgusi safar baxt sizlarga albatta kulib boqadi, deb ishonch bildirmoqchiman», - deydi Shavkat Mirziyoev.

Boshqa yangiliklar