AsosiyJamiyat

Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo`lib o`tdi

'Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun Kinematografiya agentligida “Xalq yuragi” turkumi ostida 24 nafar adibga bag`ishlab, suratga olingan hujjatli filmlarning namoyishi o`tkazildi .

Mazkur filmlar O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida bunyod etilgan “Adiblar xiyoboni”ga hamda shu yilning noyabr oyida “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda oliy ta`lim muassasalari hamkorligida suratga olingan.

Ushbu turkumdan o`rin olgan filmlar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy, G`afur G`ulom, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Oripov, Zulfiya, Abdulla Qahhor, To`lepbergan Qayipbergenov, Muhammad Yusuf va bir qator adiblarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida.

Namoyishda Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev, “O`zbekfilm” kinokonsern” DUK direktori Bahodir Odilov, film ijodkorlari hamda OTM professor-o`qituvchilari so`zga chiqishdi. Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi hujjatli film premera qilindi.  

“Xalq yuragi” turkumi ostida suratga olingan 24 ta film O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga katta tuhfa bo`lishi rejalashtirilgan. 
Namoyishga kinomutaxassislar, taniqli kinoijodkorlar, Oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari hamda OAV vakillari va yoshlar tashrif buyurishgan. Undan so`ng jurnalist va blogerlardan iborat Kinomediaklubning navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar