Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.T. 07.08.2021 yilda tug`ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






