AsosiyJinoyat

Samarqadda giyohvand modda sotayotgan 60 yoshli fuqaro qo`lga olindi

'Samarqadda giyohvand modda sotayotgan 60 yoshli fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

8-avgust kuni soat 17:30 larda Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 60 yoshli N.S. Fidoyilar mahallasi hududida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 3.200.000 so`m evaziga 5.05 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo`lga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati ma`lum qildi.

Giyohvandlik vositasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB EKBning ma`lumotnomasiga ko`ra sotish uchun mo`ljallangan vosita yumshoq holdagi, to`q jigar rangli, tarkibida giyohvand modda “opiy” guruhida mansub bo`lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain, mavjud bo`lib, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi va uning sof og`irligi 5.05 grammga teng ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. N.S. prosessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar