AsosiyJinoyat

O`sh davlat universiteti talabasining o`qishini Andijon davlat universitetiga ko`chirib bermoqchi bo`lgan inspektor ushlandi

'O`sh davlat universiteti talabasining o`qishini Andijon davlat universitetiga ko`chirib bermoqchi bo`lgan inspektor ushlandi'ning rasmi

Talabaning o`qishini Andijon davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilgan inspektor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marhamat tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo`limi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoshining Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetidagi o`qishini vakolatli tanishlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqichdan ko`chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar