Toshkent shahri Shayxontohur tumanida fuqaroning 9 million so`mlik qurt mahsulotlari o`g`irlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma`lum qildi.
Voqea 8 avgust kuni taxminan soat 06.30 da “Chorsu” avtoturargohida sodir bo`lgan. 42 yoshli G`ayratjon R. 40 yoshli G`ayrat S.ga tegishli bo`lgan yuk avtomobili ochiq qolganidan foydalanib, uning ichidan 9.000.000 so`mlik ikki xalta qurt o`g`irlagan.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.






