Uchquduq tumanida 87,3 mln so`mlik temir quvurlarni o`marmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchquduq tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.ning boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk mashinasida “U.D.” MChJ rahbari M.A. va boshqalar tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansida bo`lgan “Shalxar” OFY hududidagi ichimlik suvi tarmog`idan kesib olingan umumiy qiymati 87,3 mln so`mlik temir quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) va 28, 25, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






