AsosiyJinoyat

Toshkentda “Kleksan” dorisini noqonuniy sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda “Kleksan” dorisini noqonuniy sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, “X.F.” MChJ rahbari J.M. fuqaro V.S. va boshqalar Davlat bojxona qo`mitasining yuk xatiga asosan MChJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan 3 649 dona “Kleksan” nomli dori vositalarini omborxonadan olib chiqib, noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari  o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar