Shu kunga qadar 151 nafar fuqarolar cho`kish oqibatida vafot etgan, ularning qariyb 42 foizi voyaga etmaganlar. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o`rinbosari Samandar Hikmatullaev ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, profilaktik tadbirlarga qaramasdan joriy yil 14 avgust qadar respublika bo`yicha jami 151 nafar fuqaro cho`kish oqibatida vafot etgan. Ulardan 36 nafari cho`milish oqibatida cho`kkan bo`lsa, 44 nafari ehtiyotsizlik va 6 nafari o`z joniga qasd qilish oqibatida, 2 nafari jinoyat sababli va 63 nafari noma`lum sabablarga ko`ra suvda cho`kib vafot etgan.
Ma`lumot uchun, respublika bo`yicha jami 2 603 ta, shundan cho`milish taqiqlangan 2 219 ta akvatoriyalar tekshirib chiqildi, suv havzalarida 5 169 ta reyd o`tkazilib, 92 nafar fuqaroga ma`muriy choralar ko`rilgan.