AsosiyJamiyat

Navoiyda o`zboshimchalik bilan simyog`ochga chiqqan yigit tok urishi tufayli vafot etdi

'Navoiyda o`zboshimchalik bilan simyog`ochga chiqqan yigit tok urishi tufayli vafot etdi'ning rasmi

Navoiyda simyog`ochga chiqqan yigit tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda "Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 1-avgust kuni  soat 09:30 larda Navbahor tumani, “Yangi yo`l” mahallasi, Oq tom ko`chasi, 55-uyning oldidagi 21/85-sonli elektr yog`och tayanchining ustida marhumning ehtiyotsizligi oqibatida kuchlanish ostiga tushib voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman elektr ta`minoti korxonasining mas`ul xodimlari hatti-harakatlariga baho berish maqsadida voqea tafsilotlari joyida o`rganilgan.

Shunga ko`ra, ushbu tarmoq 110/35/10 kVli “Yangi Qo`rg`on” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Oxunboboev” shaxobchasiga ulangan 35-sonli, quvvati 100 kVAli transformatordagi 0,4 kVli avtomatga ulangan. Texnik holati hozirgi kunda qoniqarli ahvolda bo`lib, Navbahor tuman elektr ta`minoti korxonasi “Yangiqo`rg`on” ustolik joyi xodimlari tomonidan xizmat ko`rsatiladi. Ustolik joyi xodimlari tomonidan tarmoqni ekspluatasiya qilish, texnik hujjatlarni yuritish hujjatlari joyida o`rganilganda, xavfsizlik texnikasi va elektr uskunalarni ekspluatasiya qilish qoidalaridan chetga chiqish holatlari aniqlanmagan.

Bundan tashqari, mazkur hududan elektr ta`minoti korxonasiga biron bir murojaat tushmaganligi aniqladi.

Marhum O. A. elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini bajarmasdan turib, o`zboshimchalik bilan (tarmoqni o`chirmasdan) ish bajarganligi, buning oqibatida kuchlanish ostiga tushishini bilgan holda ushbu ishni bajarganligi aniqlangan. Bu bilan xavfsizlik texnikasi qoidalarini qo`pol ravishda bo`zgan.

"Sizga yana bir bor eslatib o`tamizki, har bir inson elektr xavfsizligi masalalari uchun javobgar bo`lishi, o`z hayoti va sog`lig`iga g`amxo`rlik qilishi va qadrlashi kerak. Elektr toki ta`sirida baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun elektr tarmoqlarini himoya qilish qoidalariga va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Hech qachon transformator punktlariga va elektr uzatish tarmoqlarining ustunlariga tegmaslikka harakat qiling.

O`zboshimchalik bilan kimningdir iltimosini yoki arzimagan moddiy manfaatdorlikni ko`zlab o`z hayotingizni xavf ostiga quymang!

Agar shikastlangan yuqori kuchlanishli tarmoqlarni va uzilgan simlarni ko`rsangiz, darhol elektr ta`minoti korxonasining navbatchi dispetcheriga yoki 1154 qisqa raqamiga xabar bering! O`zinigizni va yaqinlaringizni asrang!", deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar