AsosiyJamiyat

Yangi turmush qurgan sportchilarga Prezident sovg`asi yetkazildi

'Yangi turmush qurgan sportchilarga Prezident sovg`asi yetkazildi'ning rasmi

Avvalroq Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov va Olimpiada bayroqdori Nigora Tursunqulova turmush qurishi haqida xabar bergan edik.

Bugun ikki sportchning nikoh to`ylari bo`lib o`tmoqda.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma`lum qilishcha, yangi turmush qurgan sportchilar - erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va taekvondochi Nigora Tursunqulovaga davlat rahbari tabrigi va sovg`alari etkazilgan.

Eslatib o`tamiz, Bekzod Abdurahmonov Prezident Shavkat Mirziyoevning “Tokio Olimpiadasida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlash to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Boshqa yangiliklar