AsosiyJinoyat

Muzqaymoqdan zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Muzqaymoqdan zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuz berganligi haqida xabar bergan edik. 
Ushbu holatga Olmaliq shahar ham munosabat bildirdi.  

Unga ko`ra, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan 31 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo`lgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. O`rtacha ahvoldagi 5 nafar bemor davolanishda qolmoqda.  Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan o`rtacha og`irlikdagi 1Z nafar bemor mavjud.  

Tekshiruvlarda ommaviy zaharlanishga xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoqning iste`moli sabab bo`lganligi aniqlangan.

Shuningdek, Bosh prokuror matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  Olmaliq shahar IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar