1

AOKA direktori Asadjon Xodjaev O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi prezidenti etib saylandi

Jamiyat 16.08.2021, 16:46
Teglar: AOKA, kikboksing assosiasiyasi
AOKA direktori Asadjon Xodjaev O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi prezidenti etib saylandi

Bugun AOKAda O`zbekiston kikboksing assosiasiyasining navbatdagi konferensiyasi o`tkazildi. Unda assosiasiya rahbarlari, Ijroi qo`mitasi a`zolari, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etgan.

Konferensiyada kikboksing sport turi shu yilning iyul oyida olimpiada o`yinlari kiritilgani — O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi faoliyatini yanada kuchaytirish, O`zbekistonda ushbu sport turiga bo`lgan qiziqish va e`tiborning yana oshishiga turtki bo`lishi e`tirof etilgan.

Tadbirda tashkiliy masalalar ham ko`rilgan. Assosiasiya rahbar organlari tizimiga o`zgartirish kiritilib, rais lavozimi joriy etildi, tashkilotning yangi Ustavi qabul qilingan.

Shu paytga qadar assosiasiya prezidenti vazifasini bajarib kelgan Oybek Normetov assosiasiya raisligiga saylangan. Assosiasiya prezidentligiga esa Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev saylangan:

— Mamlakatimiz rahbarining sportga qaratayotgan e`tibori — Tokioda o`tkazilgan olimpiada o`yinlarida qo`lga kiritilgan natijalarda ham o`z aksini topdi. Ushbu g`alabalarga yaratilgan sharoit hamda murabbiylar va sportchilarning mashaqqatli mehnatlari evaziga erishildi. Eng birinchi navbatda, yoshlarni ushbu sport turiga kengroq qiziqtirish va jalb etishimiz lozim. Buning uchun sport inshootlarini qayta qurish, rekonstruksiya qilish, yoshlarning sport bilan shug`ullanishlari uchun sharoit yaratish juda muhim. Shuningdek, Kikboksing assosiasiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarimizning tayyorgarlik jarayonlari, o`quv-yig`inlari, musobaqalar uchun maxsus zallar va maydonlar tashkil etish, kikboksing bo`yicha murabbiylarni ko`paytirish, ularning malakasini oshirish bo`yicha ish olib boramiz. Ishonchim komilki, oldimizda turgan muhim vazifalarni amalga oshirsak, kikboksingchilarimiz ham boshqa sportchilari singari nufuzli musobaqalarda yurtimiz bayrog`ini baland ko`taradi.

Sharhlar

AOKA Andijonda jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

08.06.2021, 18:08

Kuni kecha Andijonda jurnalistlar kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Andijonda jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bayonotda aytilishicha, bugun Axborot...
2021 yil 1-choragida 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atilgan

05.05.2021, 17:54

Oliy sud mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  2021 yil 1-choragida sudyalarga nisbatan qo`zg`atilgan intizomiy ish bo`yicha ma`lumot berdi:️«Bugungi kunda tizimda 401 ta sud faoliyat...
AOKA nomidan noqonuniy foydalangan sayt rahbariyati ogohlantirildi

28.04.2021, 18:20

Taftish.uz veb-sayti muxbirlari N. A. hamda H. S. faoliyatlari davomida davlat bayrog`i foniga “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Taftish.uz axborot...
AOKA «Chegara bilmas muxbirlar» nodavlat tashkiloti e`lon qilgan reytingdan norozi. Unda O`zbekiston matbuot erkinligi bo`yicha 157-o`ringa munosib ko`rilgandi

21.04.2021, 17:57

«Chegara bilmas muxbirlar» nodavlat tashkiloti e`lon qilgan matbuot erkinligi reytingida O`zbekiston 157-o`rinda qayd etildi. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi reyting bo`yicha rasmiy munosabat berdi:Tashkilot tomonidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1