1

Olmaliqda 5 000 “Reasarbilakt”, 4 500 “Tevartem” dorilarning noqonuniy sotilishining oldi olindi

Jinoyat 18.08.2021, 12:56
Olmaliqda 5 000 “Reasarbilakt”, 4 500 “Tevartem” dorilarning  noqonuniy sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Olmaliq shahar bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro P.P. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, 5 000 dona “Reasarbilakt”, 4 500 dona “Tevartem” nomli dori vositalarini jami 13 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, dori vositalarini olib kelgan avtotransport vositasi yukxonasi ko`zdan kechirilganda, tegishli hujjatlari bo`lmagan yana 5 000 dona “Reasarbilakt” va 3 000 dona “Tevartem” dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1