AsosiyJinoyat

Bir yilda korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, shundan 26 tasi — byudjet mablag`lari bilan bog`liq

'Bir yilda korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, shundan 26 tasi — byudjet mablag`lari bilan bog`liq'ning rasmi

Bir yil ichida korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, shundan 26 tasi — byudjet mablag`lari bilan bog`liq.

Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o`tkazilgan  brifingda ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, o`tgan bir yil davomida respublika viloyatlarida o`tkazilgan o`rganish tadbirlarida to`plangan xujjatlar asosida xuquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jami 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilishi ta`minlangan.

 Jinoyat ishlarining 26 tasi — byudjet mablag`larini talon-taroj qilish, 3 tasi — hujjatlarni qalbakilashtirish, 2 tasi — mansab vakolatini suiste`mol qilish, 1 tasi — soliq to`lashdan bo`yin tovlash, 2 tasi — firibgarlik va firibgarlik yo`li bilan pora olish jinoyatlari tashkil qilgan.

Ushbu jinoyatlar hududlar kesimida tahlil qilinsa:

  • Samarqand viloyatida — 8 ta;
  • Andijon viloyatida — 6 ta;
  • Toshkent shahrida — 6 ta;
  • Jizzax viloyatida — 4 ta;
  • Namangan viloyatida — 3 ta;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasida — 3 ta;
  • Toshkent viloyatida — 2 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida — 1 ta;
  • Navoiy viloyatida — 1 ta jinoyat sodir etilgan.  


Mazkur jinoyatlarning 4 tasi — respublika, 10 tasi — viloyat, 20 tasi — tuman-shahar tashkilotlari hisobiga to`g`ri kelgan.

Boshqa yangiliklar